Toyloq tumani 29-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Shoira  Zulfiya tavvalud kuni nishonlandi

Shoira O‘zbekiston xalqining sevimli farzandi, betakror ijod sohibasi Zulfiya tavalludining 111 yilligi munosabati bilan tasviriy san’at bo‘limi o‘quvchilari o‘rtasida shoiraning portretini chizish bo‘yicha ijodiy tanlov tashkil etildi. Shuningdek, tadbir yanada ko‘tarinki ruhda davom etishi uchun Maktabning teatr bo‘limi o‘quvchilari sahnaga chiqib, shoiraning eng sara she’rlaridan namunalar aytib barchada iliq ta’surot qoldirishdi.