Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida o‘qituvchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy soat tashkil etildi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar hamda so‘nggi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, bugungi raqamli davrda dolzarb bo‘lgan kiberxavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘qituvchilarga internet tarmog‘idan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, turli tahdidlardan ogoh bo‘lish bo‘yicha tushunchalar berildi va o’z o’quvchilariga ham bu borada tushunchalar berishlari ta’kidlandi.


