Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan shoira ijodiga bag‘ishlangan she’rlar, xotin qizlar bayrami dasturidan o’rin olgan kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari namoyish etildi. 🎶📚 Bu go‘zal bayram barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yana bir bor namoyon etdi. Bayramingiz muborak bo’lsin munis ayollar💐
Автор: tayloq29bmsm
Shoira O‘zbekiston xalqining sevimli farzandi, betakror ijod sohibasi Zulfiya tavalludining 111 yilligi munosabati bilan tasviriy san’at bo‘limi o‘quvchilari o‘rtasida shoiraning portretini chizish bo‘yicha ijodiy tanlov tashkil etildi. Shuningdek, tadbir yanada ko‘tarinki ruhda davom etishi uchun Maktabning teatr bo‘limi o‘quvchilari sahnaga chiqib, shoiraning eng sara she’rlaridan namunalar aytib barchada iliq ta’surot qoldirishdi.
Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida o‘qituvchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy soat tashkil etildi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar hamda so‘nggi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Hurmatli Prezidentimiz yoshlar bilan o’tkazgan yig’ilishlarida aytib o’tilgan masalalar muhokamasi, bo’yicha maktab direktori tomonidan topshiriqlar berildi.
Ustozning boy tajribasi, yuksak pedagogik mahorati va milliy cholg‘u ijrochiligi an’analarini yosh avlod qalbiga singdirish borasidagi fidokorona mehnati barchaning tahsiniga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa, ustozning orkestr jamoasida faoliyat yuritayotgan shogirdlari ham alohida e’tirofga loyiq. Ular ijro davomida yuqori saviya, jamoaviy uyg‘unlik va milliy cholg‘ularimizga bo‘lgan mehrni namoyon etib, yosh o‘quvchilarga chinakam namuna bo‘ldilar. Tadbirda maktab o‘quvchilari […]
Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida o‘qituvchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy soat tashkil etildi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar hamda so‘nggi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bugungi raqamli davrda dolzarb bo‘lgan kiberxavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘qituvchilarga internet tarmog‘idan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, turli tahdidlardan ogoh bo‘lish bo‘yicha tushunchalar […]
Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etildi. Maktabning teatr jamoasi Zahiriddin Muhammad Bobur hayotidan sahna ko‘rinishini namoyish etdi. An’anaviy xonandalik bo‘limi o‘quvchi va o‘qituvchilari buyuk bobokalonlarimiz g‘azallarini kuyga solib, mahorat bilan ijro etishdi.Tasviriy […]
🇺🇿 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni 🇺🇿 O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganligi munosabati bilan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayramona tadbir Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Vatan himoyachilariga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtirom ifoda etilib, o‘quvchilar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi musiqiy va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ushbu […]
O‘zbekiston va Qirg‘izistonning xususiy ijodiy tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, madaniy aloqalarni rivojlantirish hamda yosh ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etilgan “NEW STARS – TASHKENT” xalqaro ko‘rik-tanlovi 2026 yil 8–9–10 yanvar kunlarida o’tkazilmoqda. Tanlovning 1-kunida Toyloq tumani 29-son bolalar musiqa va san’at maktabi tasviriy san’at bo‘limi o‘quvchilari faol ishtirok etib, quyidagi yuksak natijalarni […]
Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida Yangi yil bayrami hamda yil yakuni munosabati bilan bayramona hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. 🎶 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan yil davomida o‘zlashtirilgan bilim va ijodiy mahoratlar namoyish etildi. Musiqa va san’atga oshno chiqishlar tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi. 🏆 Yil yakuni bo‘yicha xalqaro va respublika ko‘rik-tanlovlarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni […]
Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida davlat organlari xodimlari bilan hamkorlikda «Biz giyohvandlikka qarshimiz» shiori ostida rasmlar tanlovi o’tkazildi. 📋 TADBIR HAQIDA: Tadbirda maktab o’quvchilari o’zlarining ijodiy qobiliyatlari orqali giyohvand moddalar xavfiga qarshi kurashda faol ishtirok etdilar. Davlat organlari vakillari bilan birgalikda tashkil etilgan ushbu tadbir yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish va rivojlantirishga […]










