Toyloq tumani 29-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi Xalq cholg‘ulari bo‘limi katta o‘qituvchisi Aliqulov Amriddin hamda uning orkestr jamoasi tashrif buyurib, o‘quvchilar uchun mahorat darsi o‘tkazdi.

Ustozning boy tajribasi, yuksak pedagogik mahorati va milliy cholg‘u ijrochiligi an’analarini yosh avlod qalbiga singdirish borasidagi fidokorona mehnati barchaning tahsiniga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa, ustozning orkestr jamoasida faoliyat yuritayotgan shogirdlari ham alohida e’tirofga loyiq. Ular ijro davomida yuqori saviya, jamoaviy uyg‘unlik va milliy cholg‘ularimizga bo‘lgan mehrni namoyon etib, yosh o‘quvchilarga chinakam namuna bo‘ldilar.
Tadbirda maktab o‘quvchilari bilan bir qatorda ularning ota-onalari ham ishtirok etishdi.Tadbir so‘ngida maktab direktori Sh. Mamatqulov mehmonlarga samimiy minnatdorlik bildirib, tashakkurnoma topshirdi hamda kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.