Автор: tayloq29bmsm

Bugun O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qinlingan kun

bayrogim_faxrim Bugun O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qinlingan kun Ushbu kun munosabati bilan Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida Bayrog’imizni yosh istedodlarimiz qog’ozga aks ettirishdi. Maktabning Tasviriy san’at bo’limi o’quvchilari «ENG CHIROYLI BAYROQ» shiori ostida rasmlar chizishdi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ko’rik tanlov o’tkazildi.

Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida shoira Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofoti uchun Toyloq tumanidagi umumta’lim maktablari va Toyloq 29-son musiqa maktabining 14 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan qizlari o’rtasida san’at, adabiyot va sport yo’nalishlari bo’yicha ko’rik tanlov o’tkazildi. Ushbu ko’rik tanlovda Toyloq 29-son musiqa va san’at maktabi o’quvchisi Fayziyeva Dilnoza ishtirok etib Tasviriy san’at yo’nalishda […]

Toyloq 29-son BMSMda o’qituvchi va murabbiylar kuni nishonlandi.

Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida o’qituvchi va murabbiylar kuni nishonlandi. Yangni O’zbekiston kelajaklari bo’lmish iqtidorli o’g’il qizlarimizga ta’lim tarbiya berib kelayotgan ustozlar kuni bugun keng nishonlanmoqda. Bugun bolalar musiqa va san’at maktabida bayram munosabati bilan tadbir o’tkazilib, unda iqtidorli o’quvchilarimiz o’z ijrolarini ustozlariga nomoyon etib tabrikladilar.

O’zbekiston Respublikasi farmoni ijroda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil, 9-fevraldagi «O’zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida»gi farmoni ijrosini  ta’minlash maqsadida Toyloq tuman 29-son Bolalar musiqa va  san’at maktabi Tasviriy san’at bo’limi o’qituvchi va o‘quvchilari 13-may kuni  Samarqandning tarixiy qadamjolariga zuyorat qilish uchun tashrif buyurdilar.  Ziyoratgohda  o’quvchilarga tariximiz haqida ma’lumotlar berildi.

HISOBOT KONSERT

Samarqand viloyati madaniyat va turizm bosh boshqarmasining direktorlar bilan kengaytirligan yig’ilish qaroriga muvofiq Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida 2023-yil 12-aprel kuni AN’ANAVIY CHOLG’U IJROCHILIGI bo‘limining  HISOBOT KONSERT dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda bo‘lim  o‘ qituvchilari va ota-onalar ishtirok etishdi.