Ulug‘ bobokalonlarimiz xotirasini yod etamiz 

Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etildi.
Maktabning teatr jamoasi Zahiriddin Muhammad Bobur hayotidan sahna ko‘rinishini namoyish etdi. An’anaviy xonandalik bo‘limi o‘quvchi va o‘qituvchilari buyuk bobokalonlarimiz g‘azallarini kuyga solib, mahorat bilan ijro etishdi.Tasviriy san’at bo‘limida adiblar portretlari bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Hafta davomida maktab jamoasi ulug‘ mutafakkirlarimiz merosini o‘rganishga bag‘ishlangan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etdi.