🇺🇿 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni 🇺🇿
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganligi munosabati bilan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayramona tadbir Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Vatan himoyachilariga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtirom ifoda etilib, o‘quvchilar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi musiqiy va badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Ushbu bayram yosh avlod qalbida ona Vatanga sadoqat, tinchlik va jasorat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan samimiy tabriklaymiz!
Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!


