“NEW STARS – TASHKENT” XALQARO KO‘RIK-TANLOVIDA YOSH ISTE’DODLAR YUTUG‘I 

O‘zbekiston va Qirg‘izistonning xususiy ijodiy tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, madaniy aloqalarni rivojlantirish hamda yosh ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etilgan “NEW STARS – TASHKENT” xalqaro ko‘rik-tanlovi 2026 yil 8–9–10 yanvar kunlarida o’tkazilmoqda.
Tanlovning 1-kunida Toyloq tumani 29-son bolalar musiqa va san’at maktabi tasviriy san’at bo‘limi o‘quvchilari faol ishtirok etib, quyidagi yuksak natijalarni qo‘lga kiritdilar:
🏆 Olimjonova Sangina  — 1-o‘rin
🥈 Abdihafizova Nilufar   — 2-o‘rin
🥈 Qurbonqulova Nozanin — 2-o‘rin
🥈  Begiyeva Shaxnura —  2-o‘rin
🥈 Axatqulova Shaxina  — 2-o‘rin
✨ Ushbu natijalar yosh ijodkorlarning iste’dodi, mehnati va ustozlar sa’y-harakatlarining yorqin samarasidir. G‘olib va sovrindor o‘quvchilarimizga yanada katta yutuqlar, ijodiy parvoz va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
👏 Barcha ishtirokchilar va ustozlarni tabriklaymiz!