✔️ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 1-dekabrdagi 02-11-17-4166-sonli xatiga asosan, Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Toyloq tuman 29-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida 2025-yil 13-dekabr kuni “Zoʻravonlikka yoʻl yoʻq” mavzusida tasviriy sanʼat boʻlimi oʻquvchilari oʻrtasida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.
❗️Ushbu tanlovda ishtirok etgan yosh rassomlar oʻz ijodiy ishlarida zoʻravonlikning zararli oqibatlarini aks ettirib, tinchlik va mehr-muhabbat gʻoyalarini ifodaladilar.



