Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida 1-oktabr o’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan maktabning musiqa va san’at bo’limlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bo’lib o’tdi.
Konsert dasturida maktabning o’quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.Muxtorova so’zga chiqib barchani ushbu kun bilan tabriklab, bu kun nafaqat o‘qituvchilar, balki bizning hayotimizda iz qoldirgan barcha ustozlar – bilim beruvchi, tarbiya qiluvchi va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi insonlarga bag‘ishlangan kun ekanliginibtakitlab o’tdi.
Bayramona konsert dasturi kuy va qo’shiqlar, raqslar bilan hamohang o’tkazildi.






