Barchada shodlik demak, bahor keldi, kelmoqda Navro‘z.

Bugun Toyloq tumanida Navro’z umumxalq bayrami nishonlandi. Bayram tadbiri tumandagi markaziy o’yingohda ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Bayram konsert dasturlarida ta’niqli xonandalar tashrif buyurdi. Tumandagi Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabi  jamoasi ham Navro’z bayramiga o’zgacha kayfiyat bilan ishtirok etib barchada iliq ta’surot qoldirishdi. Maktab jamoasi xalqimizga musiqa va san’at sohasini targ’ib etgan holda cholg’u ijrochiligi, xonandalik, raqslar ansambillari bilan chiqishlar qilishdi. Shuningdek tavsiriy san’at bo’limi o’quvchilari rasmlar tanlovi o’tkazib tanlovda g’olib bo’lgan istedodlar homiylar tomonidan diplom va sovg’alar bilan taqdirlandi.