“May — madaniy-ma’rifiy tadbirlar oyligi”  bu borada toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabining o‘rni beqiyos.

May oyida tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar butun Toyloq tumani bo‘ylab o‘tkazilmoqda. Bunda asosiy e’tibor, aholi kayfiyatini ko‘tarish, mehr-oqibat kabi milliy va umuminsoniy qadryatlarni yanada mustahkamlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan bo‘lib, bu borada, turli ko‘rgazmalar, kuy-qo‘shiq, qolaversa, beshta muhim tashabbus doirasida tadbirlar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlarda ishtirok etayotgan Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabi alohida o‘rin tutadi chunki ularning  kuy qo‘shiqlari, raqs va ko‘rgazmalari barcha tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat baxsh etdi.