Xabaringiz bor, 2024-yil 1-6-aprel kunlari barcha tuman (shahar)larda “Turon” maktab teatri tanloviga start berildi.
✅ Shu munosabat bilan, bugun Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 29- son Bolalar musiqa va san’at maktabida «TURON» maktab teatri tanlovining tuman bosqichi o‘tkazilmoqda.
📌 Tanlovni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchilarda notiqlik san’ati va sahna madaniyatini shakllantirish, teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatini rivojlantirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.



