YANGI YIL BAYRAMLARIZ MUBORAK BO’LSIN
Yangi yil bayrami munosabati bilan Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Yangi yilim yaxshi yilim” nomli bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Bayramni 29-son bmsm o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari O.Muxtorova kirish so’z bilan ochib berdi va barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan qizg’in tabriklab, 2023-yilda barcha o‘quvchi va o‘qituvchilarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklab iliq tilaklar bildirdi.
So’ng Yangi yil bayram tadbiri maktabning barcha san’at yo’nalishlaridagi o‘quvchilarining kuy-qo’shiqlari hamda sahna ko’rinishlari bilan davom etdi.
Tadbir yakunida yil davomida o’zining faolligi, namunali xulqi va bilimi bilan tengdoshlaridan ajralib turgan o‘quvchilarimizga estalik sovg’alar va maqtov yorliqlari topshirildi.





