Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida shoira Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofoti uchun Toyloq tumanidagi umumta’lim maktablari va Toyloq 29-son musiqa maktabining 14 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan qizlari o’rtasida san’at, adabiyot va sport yo’nalishlari bo’yicha ko’rik tanlov o’tkazildi. Ushbu ko’rik tanlovda Toyloq 29-son musiqa va san’at maktabi o’quvchisi Fayziyeva Dilnoza ishtirok etib Tasviriy san’at yo’nalishda faxirli birinchi o’rinni egalladi.