Toyloq 29-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida 2024-2025 o’quv yilining birinchi yarim yilligiga bagʻishlangan hamda Yangi- yil bayrami munosabati bilan HISOBOT KONSERTI o’tkazildi.
Konsert dasturi maktabning barcha bo’limlari tomonidan tayyorlanib unda o’qituvchi hamda o’quvchilar tomonidan kuy va qoʻshiqlar aytildi, ijro etildi.
Konsert soʻngida namunali xulqi va a’lo baholarga oʻqigan o’quvchilar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi..