SOHIBQIRON AMIR TEMUR BOBOMIZNING 689 YILLIGI NISHONLANDI.

Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabining Teatr bo’limi o’qituvchisi va  o’quvchilari tomonidan buyuk sarkarda sohibqiron Amir Temur tavvaludining 689 yilligi baddiy sahna ko’rinishi sifatida namoish etildi, hamda maktabining Tasviriy san’at bo’limi o’quvchilari Amir Temur portreti chizish bo’yicha ko’rik tanlovini o’tkazishdi.
Amir Temur hukmronligi 35 yil davom etgan (1370 — 1405). U Ind va Gangdan Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan Shandan Bosforgacha bo‘lgan katta saltanatni yaratgan. Hayotining katta qismini yurishlarda o‘tkazgan.
Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan
Amir Temur 1405 yil Xitoyga yurishi vaqtida O‘tror shahrida vafot etgan.