O’zbekiston Respublikasi Prizidentining musiqa va san’at sohasiga oid qarorlari amaliy isbodini topmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2024 yil 15-noyabrdagi PQ 391-son qarorida belgilangan musiqa va san’at maktablari umumiy o’rta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati fani o’qituvchilariga uslubiy yordam ko’rsatish bo’yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan bugun Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida tumandagi umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati fan o’qituvchilariga uslubiy yordam ko’rsatish bo’yicha seminar bo’lib o’tdi. Semenarda musiqa va san’at maktabi direktori Sh.Mamatqulov uslubiy yordam ko’rsatish semenar qarori bo’yicha tushunchalar berib o’qituvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berib o’tdi. Shundan so’ng semenar ishtirokchilariga musiqa maktabi tomonidan musiqiy chiqishlar namoish etidi, hamda maktab musiqa fani o’qituvchilari dars jarayonlariga kirib uslubiy yordam olishdi.