Категория архива: Uncategorized

Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida akademik imtixonlar olinmoqda.

Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida akademik imtixonlar olinmoqda. 2024-2025 o’quv yilining birinchi choragi uchun Toyloq 29-son BMSMning barcha  bo’limlaridan amaliy va nazariy  imtixon sinovlari o’tkszilmoqda. Imtixonlarni shaffof o’tishi uchun komissiyasi aʼzolari kuzatib borishmoqda.

«SHARQ GAVHARI» musiqa va san`at tanlovida bizning o’quvchimi yuqori natijani qo’lga kiritdi.

«SHARQ GAVHARI» musiqa va san`at tanlovi 🇺🇿Samarqand shaxrida 4-6-noyabr kunlari 5 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan yosh istetodlar o’rtasida Sharq gavxari ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovda Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabi Tasviriy san’at bo’limi o’quvchisi Qurbonqulova Nozanin Tasviriy san’at yo’nalishida 1-o’rinni egalladi.   O’QUVCHIMIZ VA BO’LIM O’QITUVCHILARINI USHBU AJOYIB NATIJA BILAN TABRIKLAYMIZ

«QADRING BALAND BO’LSIN ONA TILIM»

«QADRING BALAND BO’LSIN ONA TILIM» 21-oktyabr O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun bugan ushbu kun munosabati bilan Toyloq 29-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida «Qadring baland bo’lsin ona tilim» mavzusida chelenj o’tkazildi. “Ona tili avvalo, ona allasi bilan uning betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir” shunday ekan biz o’zbek tilimiz bilan […]

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni! Ustozlar ma’naviyat osmonida musaffo ziyo taratib turgan yo‘lchi yulduzdirlar. Ular tufayli ma’naviyat yuksaladi. Bugun Toyloq 29-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida Aziz va moʻtabar ustozlar bayrami tantanalari va ko’tariki ruhda nishonlandi. Tadbirda boshida maktabning o’quv ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Muxtorova Oygul Shodiyeva so’zga chiqib barchani bayram bilan tabriklab […]

Toyloq 29-son Bolalar musiqa va san’at maktabi 2024-2025-oʻquv yili uchun oʻqishga qabul jarayonlari davom etmoqda!

Maktabning qabul komissiyasi Madaniyat vazirligining Ustavida belgilangan normalar asosida hujjatlar qabul qilmoqda. Xujjatlar 1-avgustdan — 25-avgustga qadar qabul qilinadi. Telefonlar: 91 314 6096                     88 2966662                     995945990 Batafsil maʼlumotlar yuqoridagi postlarimizda mavjud👆 https://t.me/toyloqmusiqa29

“May — madaniy-ma’rifiy tadbirlar oyligi”  bu borada toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabining o‘rni beqiyos.

May oyida tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar butun Toyloq tumani bo‘ylab o‘tkazilmoqda. Bunda asosiy e’tibor, aholi kayfiyatini ko‘tarish, mehr-oqibat kabi milliy va umuminsoniy qadryatlarni yanada mustahkamlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan bo‘lib, bu borada, turli ko‘rgazmalar, kuy-qo‘shiq, qolaversa, beshta muhim tashabbus doirasida tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda ishtirok etayotgan Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabi […]

9 may — Xotira va qadrlash kuni!

9 may — Xotira va qadrlash kuni! Qadr – insonni yuksaklikka ko’taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag’ishlaydi. Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabi ushbu kun munosabati bilan tasviriy san’at bo‘limi o‘quvchilari tomonidan 9-may kuniga bag’ishlangan rasmlar chizib eng sara tasvirlar namuna sifatida ko‘rgazmaga qo‘yildi va o‘quvchilarimiz rag’batlantirildi.

MAHORAT DARSLARI

25-aprel 2024-yil Toyloq 29-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida mahorat darslari va uslubiy kengash semenari boʻlib oʻtdi MAHORAT DARSLARI Uslubiy kengash semenari hamda Mahorat darslarida Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari alohida tayyorgarlik ko‘rib san’atimizning O‘zbek mumtoz musiqasi maqom san’ati, sozanda va ashulachilar ansabllari teletomoshabinlarga namoish etildi. O‘zbekiston xalq xofizi o‘zbek […]