Bayrogʻimiz rasmini chizish bo’yicha tanlov o’tkazildi

Toyloq 29-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi O’zbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan maktabning Tasviriy sanʼat bo’limi o’quvchilari tomonidan Bayrogʻimiz rasmini chizish bo’yicha tanlov o’tkazildi. Tanlov soʻngida eng namunali portret egasi munosib taqdirlandi.