Автор: tayloq29bmsm

O’zbekiston Respublikasi Prizidentining musiqa va san’at sohasiga oid qarorlari amaliy isbodini topmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2024 yil 15-noyabrdagi PQ 391-son qarorida belgilangan musiqa va san’at maktablari umumiy o’rta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati fani o’qituvchilariga uslubiy yordam ko’rsatish bo’yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan bugun Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida tumandagi umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati fan o’qituvchilariga uslubiy yordam ko’rsatish bo’yicha seminar bo’lib o’tdi. […]

YOSH MUSAVVIRLAR KO’RIK TANKOVINING TUMAN BISQICHI BO’LIB O’TDI. 

Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabi Mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida bo‘lib o‘tadigan “Yosh musavvirlar” tanlovinining tuman bosqichi o’tkazildi. Unda tumandagi umumta’lim maktab o’quvchilari hamda musiqa va san’at maktabi istedodlari ishtirok etishdi. Tanlovning birinchi bosqichida o’quvchilar “Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot” yili” mavzusida rasmlar chizishdi. Tanlov tuman hokimligining ishchi guruh […]

Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 631 yilligini nishonlandi.

Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabi Teatr jamoasi Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyatiga oid spektakl sahnalashtirdi. Unda Mirzo Ulug‘bek – Samarqand podshohi tarix sahifalaridan buyuk olim, o‘z davrining ma’lum va mashhur siymosi, atoqli matematik va astronomi sifatida o‘rin olgan.

Barchada shodlik demak, bahor keldi, kelmoqda Navro‘z.

Bugun Toyloq tumanida Navro’z umumxalq bayrami nishonlandi. Bayram tadbiri tumandagi markaziy o’yingohda ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Bayram konsert dasturlarida ta’niqli xonandalar tashrif buyurdi. Tumandagi Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabi  jamoasi ham Navro’z bayramiga o’zgacha kayfiyat bilan ishtirok etib barchada iliq ta’surot qoldirishdi. Maktab jamoasi xalqimizga musiqa va san’at sohasini targ’ib etgan holda cholg’u […]

BAHOR OFTOBIDAY CHEHRANGIZ KULSIN AZIZ VA MUNISA AYOLLAR

Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabi Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram tadbirini o’tkazishdi. Tadbirda maktabning Teatr jamoasi alohida sahna ko’rinishi bilan barchada xush kayfiyat olib kelgan bo’lsa, musiqa va san’at bo’limi o’quvchilari tomonidan raqslar,  kuy va qo’shiqlar tarannum etildi.

TOYLOQ 29-SON BMSMDA  «NAZM VA NAVO» KECHASI BO’LIB O’TDI.

Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik bag’ishlab kelmoqda Ulug‘ alloma tavalludining 584 yilligi munosabati bilan. Toyloq 29-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida «NAZM VA NAVO» shiori ostida badiiy kecha bo’lib o’tdi. Ushbu ma’rifiy tadbirda buyuk alloma hayotiga oid sahna koʻrinishlari, shoirning gʻazallari […]

TOYLOQ 29-SON BMSM TOMONIDAN – MADANIY TADBIRLAR OʻTKAZILMOQDA

Samarqand viloyati Madaniyat bosh boshqarmasining 2025-yil 18-yanvardagi 121-sonli qaroriga muvofiq Samarqand viloyatining chegara va chekka (olis) hududlarda hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og’ir bo‘lgan (qizil va sariq toifadagi) mahallalarda yashovchi aholi uchun madaniy konsert tadbirlarni o‘tkazish to‘g’risidagi topshirig’iga asosan, Toyloq  tuman 29-son bolalar musiqa va san’at maktabi tomonidan Toyloq tumanidagi mahallalarda konsert dasturini taqdim qilib kelishmoqda.

14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI KUNI

Bugun Toyloq 29-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda musiqa maktabining barcha bo’limlari ishtirok etishdi. Tasviriy sanʼat bo’limi «Askar siymosi» mavzusida ko’rgazma tashkil qilgan boʻlsa, cholgʻu ijrochiligi hamda xoreografiya bo’limlari ham o’z chiqishlarini namoish qilishdi.