Bugun Toyloq 29-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda musiqa maktabining barcha bo’limlari ishtirok etishdi. Tasviriy sanʼat bo’limi «Askar siymosi» mavzusida ko’rgazma tashkil qilgan boʻlsa, cholgʻu ijrochiligi hamda xoreografiya bo’limlari ham o’z chiqishlarini namoish qilishdi.






