1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni!
Ustozlar ma’naviyat osmonida musaffo ziyo taratib turgan yo‘lchi yulduzdirlar. Ular tufayli ma’naviyat yuksaladi.
Bugun Toyloq 29-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida Aziz va moʻtabar ustozlar bayrami tantanalari va ko’tariki ruhda nishonlandi. Tadbirda boshida maktabning o’quv ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Muxtorova Oygul Shodiyeva so’zga chiqib barchani bayram bilan tabriklab ularga kelgusidagi mashaqqatli kasblarida ulkan zafarlar tiladi.
Tadbir davomida o’quvchilar o’zlarinng kuy qoʻshiqlar ajoyib raqslari bilan tomoshabinlar ko’ngliga iliqlik olib kirdi.
Tadbir soʻnggida samarali faoliyat koʻrsatayotgan o’qituvchilar taqdirlandi.