Toyloq tumanidagi 29-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi tomonidan Tumandagi imkoniyati cheklangan hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarimiz holidan xabar olindi. Uchrashuv davomida ularning kundalik hayoti, holati va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishilib, samimiy suhbatlar olib borildi.
Mazkur tashrif inson qadr-qimmatini ulug‘lash, mehr-oqibat va g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda ijtimoiy birdamlikni yanada kuchaytiradi.
✨ San’at — nafaqat iste’dod, balki mehr va insonparvarlik timsolidir.


