Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida Yangi yil bayrami hamda yil yakuni munosabati bilan bayramona hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.
🎶 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan yil davomida o‘zlashtirilgan bilim va ijodiy mahoratlar namoyish etildi. Musiqa va san’atga oshno chiqishlar tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi.
🏆 Yil yakuni bo‘yicha xalqaro va respublika ko‘rik-tanlovlarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari tadbirda munosib taqdirlandilar.
🌟 Ushbu konsert o‘tgan yil sarhisobi va kelgusi yildagi yangi yutuqlar sari dadil qadam bo‘ldi.
🎁 Barcha ustozlar, o‘quvchilar va ota-onalarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklaymiz!
📍 Toyloq 29-son bolalar musiqa va san’at maktabi


